Mijozlar uchun web-sayt, admin panel va biznes tizimlarini noldan quraman — g'oyadan ishlab turgan mahsulotgacha.
Paypoq fabrikasining qog'ozdagi ishlab chiqarish yo'li — QR stiker, ishchi ilovasi va egasi uchun jonli panelga aylandi.

Buyurtma sexdan sexga qog'ozda yurardi. Qaysi qop qaysi bosqichda, brak qayerdan chiqdi, kimga qancha haq tegadi — hech kim aniq ayta olmasdi. Oy oxiri hisob-kitob har safar bahsga aylanardi.
Buyurtma avtomatik 200 juftlik qoplarga bo'linadi, har qopga QR stiker chiqadi. Ishchi Android ilovaga PIN bilan kiradi va skanerlaydi — to'qish, tikish, bo'yash, dazmol, qadoq. Egasi web panelda jonli holatni, brakni va ish haqi hisobini ko'radi.
Tizim fabrikada har kuni ishlaydi. Shu asosda ikkinchi fabrika — Mango uchun alohida baza va ilova bilan mustaqil nusxa ko'tarildi.


B2B mijozlar buyurtmani Telegram ichidan beradi: 4 560 tovarlik katalog, narx va qoldiq do'kondagi hisob dasturidan har 5 daqiqada yangilanadi, buyurtma esa sotuvchiga xabar bo'lib tushadi.

Do'konning butun katalogi lokal serverdagi Unipro dasturida turardi — mijozlar narx va qoldiqni telefon orqali so'rar, sotuvchi har safar qo'lda javob berardi. Katalogni internetga chiqarish kerak edi, lekin dasturga tashqaridan ulanish, oq IP yoki bazaga kirish imkoni yo'q edi.
Unipro'ning o'z «internet-do'kon bilan almashuv» moduli ishlatildi: dastur har 5 daqiqada katalogni bizning manzilga o'zi yuboradi — ulanish ham, oq IP ham kerak emas. Kelgan 4 560 tovar tozalanadi: nomidan brend ajratiladi (85% tovarda guruh yo'q edi), brend va kategoriya admin panelda biriktiriladi, qoldiq esa mijozga son bilan emas, «bor / kam qoldi» belgisi bilan ko'rsatiladi. Mini app Telegram initData imzosi bilan himoyalangan, ro'yxatdan o'tgan mijoz admin tasdiqlagach kiradi. Katalogda ikki ko'rinish: kartochka va tez buyurtma uchun prays-list. Admin panelda buyurtmalar, mijozlarni tasdiqlash, katalog va rasmlar, brendlar, statistika va sinxron holati bor.
Mini app va admin panel ishlab turibdi, katalog do'kon dasturi bilan bir xil. Buyurtma alohida Telegram guruhiga tushadi, sotuvchi uni admin panelda tahrirlaydi. Qayta ishlatish uchun tizim bir nechta do'konni ko'taradigan qilib yozilgan.


B2B kompaniyalar uchun savdo analitikasi xizmatiga yangi landing: mahsulotni real dashboard ekranlari bilan ko'rsatadi va demo so'rovlarini yig'adi.

Statik.uz ishlab chiqaruvchi va distributorlarning Excel'dagi savdo ma'lumotini dashboardga aylantiradi. Buni tushuntirish uchun rahbar o'z savdosi dashboardda qanday ko'rinishini oldindan ko'rishi kerak edi — oddiy matnli sahifa buni bera olmasdi.
Claude Design'da chizilgan «Clarity» landing shabloni: AI-video hero, «Excel'da / Statik.uz bilan» taqqoslash, ikki davrni solishtirish bloki va real dashboard skrinshotlari. Shablon mijozning landing editoriga ulangan — matn, video va rasmlarni o'zi almashtiradi. VPS'da ma'lumotlar bazasini saqlagan holda deploy qilindi.
Yangi landing statik.uz'da ishlab turibdi. Yo'l-yo'lakay demo formasidagi xato tuzatildi — endi bo'shliq bilan yozilgan telefon raqami ham qabul qilinadi.


2012-yildan beri ishlab kelayotgan Toshkent agentligi uchun uch tilli katalog va o'zlari boshqaradigan admin panel.

Sayt og'ir WordPress mavzusida edi: sekin ochilardi, SEO va Google Ads uchun noqulay, har kichik o'zgarish dasturchiga borib taqalardi.
EN / RU / UZ tilidagi sayt: filtrli turlar katalogi, kunma-kun marshrut, jo'nash sanalari, so'rov formasi va blog. Admin panelda turlar, maqolalar va arizalar dasturchisiz boshqariladi.
2 haftada topshirildi. Marketing jamoasi endi yangi turni o'zi qo'shadi.


Arab bozoriga chiqish uchun RTL qo'llab-quvvatlaydigan B2B korporativ sayt va unga o'z CMS'i.

1998-yildan beri ishlayotgan kompaniyaning statik sayti har o'zgarishda dasturchini talab qilardi, arab mijozlari uchun esa umuman moslashmagan edi.
O'zbek, rus, ingliz va arab (RTL) tillaridagi B2B sayt. Mahsulotlar, sahifalar va matn muharriri — hammasi admin paneldan; tarjimalar bir joyda tahrirlanadi.
Kontentni jamoaning o'zi yangilaydi, eksport bo'limi arab tilida ishlaydi.


LEO GROUP va Gidrox rasmiy dileri uchun ikki tilli katalog: nasos napor, podacha va quvvat raqamlari bo'yicha filtrlanadi, ariza esa to'g'ridan-to'g'ri Telegram'ga tushadi.

Eski WordPress sayti yangilanmasdi va nasosni tanlab bo'lmasdi: xususiyatlar tavsif matni ichida yozilgani uchun kerakli modelni faqat qo'lda o'qib topish mumkin edi. Saytdan kelgan arizalar pochtada ko'milib qolardi. Yangi saytga o'tishda esa qidiruvda turgan eski sahifalarni yo'qotib qo'ymaslik kerak edi.
Katalog raqamlar ustiga qurildi: har modelning napor, podacha va quvvati alohida maydonda turadi, shuning uchun ularni slayder bilan filtrlash va kategoriyalar bo'yicha ajratish mumkin. Sayt ruscha va o'zbekcha. «Nasos tanlash» formasi bir necha savol beradi, ariza savdo bo'limining Telegram guruhiga tushadi. Admin panelda mahsulotlar, brendlar, kategoriyalar, sertifikatlar, do'kon galereyasi, bajarilgan loyihalar, yangiliklar va arizalar boshqariladi. Ko'chishda eski WordPress manzillaridan 232 ta yo'naltirish qo'yildi, www asosiy domenga o'tkazildi, sitemap, robots va 404 sahifa yozildi.
Sayt leonasos.uz'da ishlab turibdi, katalogda 100 dan ortiq model — har biri xarakteristikalari bilan. Ariza pochtaga emas, Telegram'ga tushadi. Eski havolalar yangi sahifalarga yo'naltiriladi, matnlar Toshkent va O'zbekiston bo'yicha so'rovlarga moslab yozilgan.


Dizayndan to'g'ridan-to'g'ri production HTML chiqaradigan yengil sahifa — ortiqcha kod yo'q.

Xorazmdagi inkubatorning eski sahifasi zamonaviy ko'rinmasdi va mentorlar, dasturlar haqida aniq gapirmasdi.
Dizayndan to'g'ridan-to'g'ri production HTML yig'adigan build: rasmlar WebP, shriftlar fayl ichida, freymvork yo'q.
Sahifa bir necha yuz kilobayt — mobil internetda ham darhol ochiladi.


Telefon va elektronika savdosi bilan shug'ullanadigan Dubay firmasiga o'z domeni, ishlaydigan pochtasi va tekshiruvdan o'tadigan sayti kerak edi.

Firma platformalarda biznesini tasdiqlamoqchi edi: buning uchun domen, shu domendagi pochta va kompaniyani ko'rsatadigan haqiqiy sayt kerak. Sayt do'kon emas — to'lov qabul qilmaydi, faqat assortiment va aloqa.
Mijoz yoqtirgan minimalist do'kon dizayni asosida statik sayt: bosh sahifa, katalog, mahsulot sahifasi, aloqa va yuridik sahifalar. 31 ta mahsulot narxi BAA rasmiy do'konlaridan olingan va dirhamda ko'rsatiladi. Ikki til — inglizcha va arabcha, arabchada sahifa to'liq o'ngdan chapga o'giriladi. So'rov savati bor, lekin to'lov yo'q: forma firmaning pochtasiga xat qilib yuboriladi. Vercel'ga chiqarildi, domen Namecheap'da, o'sha domenda pochta ulangan, sayt Search Console'ga qo'shildi va xarita profili tasdiqlandi.
Sayt dunyotrading.com'da ishlab turibdi, pochta va xaritadagi profil tasdiqlangan. Yangi mahsulot qo'shish uchun bitta faylga qator yoziladi, arabcha matn ham shu yerda.


Ko'p kompaniyali SaaS: savdo, ombor, buxgalteriya va logistika bitta oqimda yuradi.

Savdo, ombor, buxgalteriya va logistika alohida Excel fayllari va chatlarda yurardi — buyurtma qayerda qolgani har safar qo'ng'iroq bilan aniqlanardi.
Har kompaniyaga o'z subdomeni va 6 rol: rahbar, sotuvchi, omborchi, buxgalter, logist, haydovchi. Ma'lumotlar bazaning o'zida Row-Level Security bilan ajratilgan — kompaniya boshqasining satrini ko'ra olmaydi. Omborchi va haydovchi telefondan ishlaydi, yuk QR bilan chiqadi. Sotuv sahifasi Claude Design'dagi maketdan 1:1 ko'chirildi.
Tizim tizimliy.uz'da ishlab turibdi: har kompaniya o'z subdomenida ishlaydi, demo kompaniyada istalgan rol bilan butun oqimni sinab ko'rish mumkin.


Mijozlar, oylik rejalar va vazifalar — rahbar bir ekranda ko'radigan ichki panel.

Agentlik mijozlarni, oylik rejalarni va vazifalarni turli jadval va chatlarda kuzatardi; kim nima qilgani oy oxirida aniqlanardi.
Mijozlar ro'yxati, har oyni alohida ochish, vazifalar kanban'i va rollar bo'yicha ruxsatlar. Bir nechta agentlik ishlata olishi uchun multi-tenant qilib qurildi.
Oylik reja va vazifalar bitta joyda — holatni ko'rish uchun chat titkilash shart emas.












Mijoz loyihalarida takrorlanib qolgan ishlarni mahsulotga aylantiraman. Ta'lim platformalarini ilgari har bir mijozga alohida qurib berardim — endi ular tayyor LMS mavzu va plagin sifatida sotiladi.

Mijoz hujjatidan savolnomani o'zi ajratib oladigan platforma: javobi hujjatda borini to'ldiradi, qolganini mijoz havola orqali yozadi — AI'siz, algoritm bilan

O'quv markazlar uchun Meta lid reklamasi pulti: lid 1 daqiqada Telegram'da menejerga tushadi, reklama xarajati va natija bitta hisobotda

Marketing agentliklari uchun SaaS: mijozlar, oylik rejalar, vazifalar va ishbay hisob — har agentlikka o'z manzili
Frappe CRM asosidagi o'quv markaz CRM'i: Facebook lidlari avtomatik tushadi, o'zbekcha voronka va menejerlarga navbat bilan taqsimlash

WordPress uchun LMS mavzu va plagin sotiladigan sayt, o'z litsenziya serveri bilan

Onlayn to'y taklifnomalari: ~20 shablon, har juftlikka o'z subdomeni

WordPress'siz o'quv platformasi, 45 ekranlik dizayn tizimidan

O'quv markazlar uchun SaaS — web panel + o'quvchi ilovasi
Xorazmdanman. Yo'lim no-code'dan boshlangan: WordPress va Tilda'da 150 dan ortiq sayt qildim — korporativ saytlardan onlayn do'kon va ta'lim platformalarigacha. Pullik plaginlar o'rniga o'z plaginlarimni yozdim, amoCRM, Payme va Click ulash odatiy ishga aylandi.
Faqat dasturchi bo'lib qolmadim: Alifbee'da loyiha jamoasini boshqardim, Startup Garage'da No-Code Expert, Wasaf Int Solutions'da COO bo'lib ishladim. Shuning uchun kod yozishdan oldin biznesni o'rganaman — kim nima qiladi, qog'oz qayerda yo'qoladi, pul qayerda sizib chiqadi.
Bugun AI bilan ishlayman: Claude Code va Next.js bilan bir odam jamoaning tezligida quradi. Tez yig'ilgan prototipni ishlab turadigan mahsulotga aylantiraman — baza, rollar, xavfsizlik, server va deploy bilan. Fabrikadagi QR tizimidan arab tilidagi eksport saytigacha.
Bilganlarimni ulashaman — «Tutorials» bo'limida AI va no-code bilan real loyiha qurish bo'yicha darslar chiqadi.
Qo'ng'iroq belgilashKod yozishdan oldin biznes qanday ishlashini tushunaman. Noto'g'ri jarayonni avtomatlashtirish — tartibsizlikni tezlashtirish.
Muddat, narx va muammoni to'g'ridan-to'g'ri aytaman. Yomon xabar ham kechikkan yaxshi xabardan yaxshiroq.
«Deyarli tayyor» emas, ishlab turgan mahsulot: server, domen, admin panel va qanday ishlatish bo'yicha tushuntirish bilan.
Har loyihaga admin panel qo'yaman — matn yoki narx o'zgarishi uchun menga yozish shart bo'lmasin.
Real loyihalarni qanday qurishim haqida amaliy darslar: Next.js, PostgreSQL, deploy va AI bilan dasturlash.
Chiqqan darslar shu yerda paydo bo'ladi. Qaysi mavzu kerakligini Telegram'da yozib qoldiring.
Mavzu taklif qilish